Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TOSHKENT SHAHAR MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
“ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“Parvoz” mahallasidagi 86- va 306-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA, MA’RIFAT VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI
янв.21
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi axborot faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDA TEMIR YO‘L BO‘YICHA MUHOFAZA TO‘SIQLARINI O‘RNATISH VA PIYODALAR YO‘LAKCHASINI TA’MIRLASH BELGILANDI
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 211-SONLI MTT DEPUTAT E’TIBORIDA
Mashad qabristonidagi holat deputatlik nazoratiga olindi

Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda hududlarda aniqlanayotgan muammolarni amaliy hal etish yuzasidan deputatlik o‘rganishlari izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududidagi Mashad qabristonida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ–276-son “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi, qabriston hududining sanitariya-obodonlashtirish holati hamda mavjud infratuzilmalardan foydalanish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Qonunchilik talablariga ko‘ra, dafn etish joylarini tanlash va saqlashda ekologik, sanitariya hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, joyiga chiqqan holda hududning amaldagi holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida qabriston hududida ayrim infratuzilmalarni yaxshilash zarurati mavjudligi aniqlandi. Jumladan, chiqindilarni yig‘ish joyining ta’mirtalab holati, shuningdek, fuqarolarning hudud bo‘ylab xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash uchun qo‘shimcha piyodalar yo‘laklarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Mazkur masalalar yuzasidan hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, chiqindilarni yig‘ish joyini tartibga keltirish hamda fuqarolar uchun zarur infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Bunday deputatlik o‘rganishlari hududlardagi mavjud muammolarni bevosita joyida aniqlash, qonun hujjatlari talablarining amaliy ijrosini ta’minlash va aholi uchun zarur sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4