Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TOSHKENT SHAHAR MADANIYAT BOSHQARMASI QOSHIDAGI MUSIQA MAKTABLARI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
TOSHKENT SHAHAR FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
“ZULFIZAR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“Parvoz” mahallasidagi 86- va 306-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofida yo‘l harakati xavfsizligini kuchaytirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI” — TAJRIBA, MA’RIFAT VA YOSHLAR SHIJOATI UYG‘UNLIGI
янв.21
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi axborot faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDA TEMIR YO‘L BO‘YICHA MUHOFAZA TO‘SIQLARINI O‘RNATISH VA PIYODALAR YO‘LAKCHASINI TA’MIRLASH BELGILANDI
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 211-SONLI MTT DEPUTAT E’TIBORIDA
“Do‘stlik” mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaatida ko‘rsatilgan Taraqqiyot ko‘chasidagi holatni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida Taraqqiyot ko‘chasi, 58-sonli ko‘p qavatli uy oldidagi oqova suv qudug‘ida nosozlik yuzaga kelgani sababli atrofga yoqimsiz hidlar tarqalayotgani aniqlandi. Shuningdek, xonadonlarga quvur tortilgan ayrim joylarda ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagani ham ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish, nosozliklarni bartaraf etish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish belgilandi.

Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 3