Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-14-8-108-K/26-sonli qarori ijrosi amalda qat’iy nazoratga olindi.
Mazkur qaror va biriktirilgan tashkilotlar mas’uliyatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Mingchinor” mahallasida bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy tadbirlar olib borildi.
🚜 AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA NATIJALAR:
·🛣 Infratuzilmani yaxshilash: Mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati ko‘zdan kechirilib, rejadagi ko‘chalarga zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizish ishlari sifatli tarzda amalga oshirildi;
·🔍 Nazorat va mas’uliyat: Qarorda nazarda tutilgan ustuvor masalalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirildi;
·🤝 Aholi roziligi: Yaratilayotgan ushbu qulayliklar mahalliy aholi va saylovchilarning uzog‘ini yaqin qilish hamда turni qulaylashtirishga xizmat qiladi.
Tuman Kengashi va deputatlik nazorati doirasida hududlardagi obodonlashtirish hamda infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom ettiriladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz