Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja
📌 Deputatlik so‘rovi yuborildi


🗣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 8-“Mehnatobod” saylov okrugi deputati S.Irisovga “Mehnatobod” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan og‘zaki murojaat qilindi.

Murojaatda 75V063 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining “Mehnatobod” va “Gulchinor” mahallalari hududidan o‘tuvchi qismi ta’mirtalab holatga kelgani, yo‘l qoplamasining ayrim qismlarida nosozliklar mavjudligi qayd etilgan.

📍 Fuqarolar tomonidan mazkur yo‘l qismini ta’mirlash yoki asfaltlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar hamda ularning muddatlari haqida yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

📝 Shu munosabat bilan, murojaatda ko‘tarilgan masalani o‘rganish va uni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Yo‘llardan foydalanish korxonasi” DMga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3