Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZ VA EHTIROMDA

USTOZ VA MURABBIYLAR — E’ZOZ VA EHTIROMDA

📌 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Achaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi
111-sonli umumta’lim maktabida ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilshod Tashpo‘latov, unga Kotibiyat tomonidan biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova, “Achaobod” MFY yoshlar yetakchisi X. Turg‘unov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

🎉 Bayram tadbiri davomida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga, ustoz va murabbiylarning sharafli hamda mas’uliyatli mehnatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor alohida ta’kidlandi.

🌿 Ustozlar tomonidan yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar e’tirof etildi.

💐 Tadbirda fidoyi pedagoglarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning mashaqqatli mehnati, bilim va tajribasi yosh avlod kamolotidagi beqiyos o‘rni alohida qayd etildi.

Ustozga ehtirom — kelajakka ehtiromdir!

Slide 1 of 7