Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
💠 BIR UMR E’ZOZGA LOYIQ KASB EGALARI — SHEROBODDA USTOZLAR SHARAFLANDI!

➡️Ustozga ehtirom — kelajakka ehtirom!

➡️1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Sherobod tumanidagi “Gold” restoranida fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar, ko‘p yillik samarali mehnati bilan el hurmatini qozongan faxriy ustozlarga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

➡️Unda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari, tumanda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylar, ta’lim-tarbiya sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🎓 Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tuman hokimi Alimov Usmon Ibrohimovich ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning yosh avlodga puxta bilim va tarbiya berish, Vatanga munosib, ma’naviy yetuk va barkamol insonlarni voyaga yetkazish yo‘lidagi sharafli hamda mas’uliyatli mehnatini alohida e’tirof etdi.

➡️Shuningdek, ustozlarning jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlod kamolotidagi beqiyos o‘rni ta’kidlanib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka hamda pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

➡️ Tadbir davomida ta’lim-tarbiya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan, o‘zining fidoyiligi va kasbiga sadoqati bilan jamoatchilik hurmatiga sazovor bo‘lgan faxriy ustozlar, o‘qituvchi va murabbiylar tuman hokimligining diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🎶 Bayram tadbiri davomida yangragan dilrabo kuy-qo‘shiqlar, samimiy tabriklar va ezgu tilaklar ustozlarga bag‘ishlangan tantanaga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Quvonchli lahzalar, samimiy suhbatlar va bayramona kayfiyat tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha zavq ulashdi.

🔘 Aziz va qadrli ustozlar!

➡️Sizning mashaqqatli mehnatingiz, cheksiz mehringiz, sabr-toqatingiz va fidoyiligingiz bilan yosh avlod kamol topadi. Siz bergan bilim va tarbiya — kelajak bunyodkorlari uchun mustahkam poydevordir.

➡️Har bir shogirdingizning yutug‘i, el-yurtga qo‘shayotgan hissasi — Sizning zahmatli mehnatingizning eng katta samarasidir!

🔘Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli ustozlar!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 8