Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
🔰Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari deputatlar e’tiborida

🔰Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Jondor” mahallasida ichki yo‘llarni yangidan asfaltlashtirish ishlari sifati o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarda olib borilayotgan asfaltlash jarayoni, ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilishi hamda yo‘l qoplamasining sifati bilan yaqindan tanishildi.
📌Mas’ullar bilan suhbat davomida yo‘llarni ta’mirlashda ish sifati, asfalt qoplamasining mustahkamligi va belgilangan texnik talablarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.
📌Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va samaradorligini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.
📌Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga munosib sharoit yaratish va bajarilayotgan ishlar sifatini nazorat qilish borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4