Mahallalarda o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z. Turdiyev tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R. Niyatov bilan birgalikda mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda infratuzilma loyihalarining ijrosi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.