“Yaxshilik marafoni” — inson qadri uchun xizmat qilayotgan amaliy tashabbus
Namangan shahridagi Yakkasada mahallasida “Yaxshilik marafoni” tadbiri tashkil etildi. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova o‘z saylov okrugida o‘tkazilgan ushbu tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Namangan viloyati bo‘yicha kuratori Sevara Muslimova ishtirok etdi. Shuningdek, partiya vakillari, faollar, volontyorlar hamda mahalla yettiligi birgalikda faol qatnashdilar.
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida mahalla yordamida aniqlangan nogironligi bo‘lgan hamda kam daromadli oilalar holidan xabar olindi. Xonadonlar tartibga keltirilib, og‘ir uy yumushlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tadbir yakunida oilalarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu bilan birga, kelgusida mazkur xonadonlarni homiylik asosida ta’mirlab berish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
“Yaxshilik marafoni” doirasidagi bunday ezgu ishlar izchil davom ettirilib, yana-da ko‘proq ehtiyojmand oilalarni qamrab olishi kutilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦