Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“SHON-SHUHRAT” MAHALLASIDAGI ISSIQ SUV TARMOQLARI YANGILANMOQDA
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“CHARXNOVZA” MAHALLASIDAGI “OTALAR OROMGOHI” — NURONIYLAR UCHUN QULAY MASKAN YARATISH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
“Mohirlar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA BARQAROR DAROMAD MANBALARINI YARATISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

📌Sessiya ishida shahar Kengashi raisi va deputatlar, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush sharoitini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.

🔻Sessiya kun tartibiga quyidagi muhim masalalar kiritildi:

🔸1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jizzax shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-ta‘mirlash ishlari to‘g‘risida.

🔸2. Shaharda kambag‘al oilalarning ijtimoiy xizmatlardan to‘liq foydalanishini ta‘minlash, ularning yashash sharoitlarini ijtimoiy xodimlar tomonidan doimiy o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

🔸3. Jizzax shahrida 2026-yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.

🔸4. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

🔸5. Shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

🔹Sessiya davomida masalalar yuzasidan mas‘ullar hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 7