Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“SHON-SHUHRAT” MAHALLASIDAGI ISSIQ SUV TARMOQLARI YANGILANMOQDA
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“CHARXNOVZA” MAHALLASIDAGI “OTALAR OROMGOHI” — NURONIYLAR UCHUN QULAY MASKAN YARATISH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
“Mohirlar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA BARQAROR DAROMAD MANBALARINI YARATISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
DEPUTATGA MUAMMONI KO‘RSATISH SHARTMI?

Deputat o‘zi saylangan hududda aylanib yuribdi.
Yo‘lning bir qismi buzilgan.
Ko‘cha chiroqlari ishlamaydi.
Ariq chiqindiga to‘lgan.
Lekin... 📩 hech kim murojaat qilmagan.
Hech kim deputat qabuliga kelmagan.
Hech kim: “Shuni hal qilib bering”, — demagan.
Savol:
Deputat murojaatni kutishi kerakmi?
Aslida, shu savol deputatlik faoliyatining ikki xil modelini ko‘rsatadi:
1. «Murojaat kelsa — ishlayman» modeli.
Muammo → murojaat → deputat → chora.
2. «Muammoni o‘zim qidiraman» modeli.
Deputat → hudud → muammo → deputatlik ta’sir chorasi → natija.
Ikkalasida ham deputat ishlayapti.
Ammo ikkinchisida muhim bir farq bor:
MUAMMO DEPUTATNI EMAS, DEPUTAT MUAMMONI TOPADI.
Balki, deputatlik nazoratining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ham shudir:
deputatga nechta murojaat kelgani emas, murojaatga aylanib ulgurmagan nechta muammoni o‘zi aniqlagani.