Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xavfsizlik sohasi
янв.21
USTOZ — KELAJAK ME’MORI
янв.21
“YO‘LIMIZGA MAYOQ BO‘LING, AZIZ USTOZ!” — USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR
янв.21
“Mohirlar” mahallasida jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligiga oid uchta muhim masala deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumida Toshkent shahar Kengashi vakili ishtirok etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
Yangibo‘ston MFYda piyodalar yo‘laklari va dam olish maskanlari barpo etilishi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati E. Rajabov o‘ziga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikda o‘z saylov okrugidagi Yangibo‘ston MFY hududida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida aholi uchun qulaylik yaratish, piyodalar harakatlanishi xavfsizligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida qurilayotgan piyodalar yo‘laklarining barpo etilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

🌳 Shuningdek, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, hordiq chiqarishi uchun bunyod etilayotgan dam olish maskanlarining qurilish ishlari, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishidagi ishlar ham o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlarning qulayligi, piyodalar yo‘laklarining xavfsizligi, dam olish maskanlarining aholiga xizmat qilishi hamda hududdan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullar bilan fikr almashilib, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan talablar asosida amalga oshirish hamda aholi manfaatlarini inobatga olish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi
Slide 1 of 3