Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mohirlar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA BARQAROR DAROMAD MANBALARINI YARATISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“Moxirlar” mahallasidagi Soxil ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
MILLIY QADRIYATLAR VA AN’ANALAR — AVLODLARNI BOG‘LOVCHI MA’NAVIY MEROS
янв.21
FUQAROLARNING MUAMMOLARI VA IJTIMOIY EHTIYOJLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA: KICHIK TADBIRKORLIK VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
424-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar maydonchasini zamonaviy jihozlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
“OQ UY” MAHALLASIDA AHOLINI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Bugun Yangiobod tumanidagi Biznesni rivojlantirish bankida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida I.Qarshiboyev tomonidan tadbirkorlar mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, murojaatlariga tegishli javoblar berildi. Ayrim masalalarni joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Uchrashuv tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va amaliy yechim topishga qaratildi.

Slide 1 of 4