Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Babajanov Yakubjon Shakirdjanovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Axmedov Hayitalijon Olimjon o‘g‘lining hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Xo‘jamqulov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘lining hisoboti deputatlar tomonidan o‘rganilib atroflicha muhokama qilinmoqda.
янв.21
Kenjayev Bahodir Rajabmurodovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilinmoqda.
янв.21
Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi boshlig‘i – Kadirov Umidjon Suhbatjonovich o‘z axborotini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i - Muxitdinov Muxtor Yashnarovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Tuychiev Murodjon Mirmuxsin o‘g‘lining axborotlari deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Nosirov Shohrux Shuhrat o‘g‘lining hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Dusmuxamedov Alisher Ismatillaevich o‘z hisobotlarini taqdim etmoqda.
YILLAR DAVOMIDA KUTILGAN TA’MIR: 492-SONLI DMTTDA KENG KO‘LAMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

YILLAR DAVOMIDA KUTILGAN TA’MIR - 492-SONLI DMTTDA KENG KO‘LAMLI ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA

🕯 2026-yil “Tashabbusli byudjet” jarayonining I mavsumida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tashabbusi bilan qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilingan loyiha asosida 492-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

↗️ Mazkur loyiha uchun 1 mlrd. 600 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘ hisobidan yillar davomida ta’mirga ehtiyoj sezib kelgan binoni yangilash, uning muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.

📆 1984-yilda bunyod etilgan 492-sonli DMTT binosida shu davrga qadar deyarli kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagan. Shu bois mazkur loyiha doirasida binoning asosiy qismlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
✍️ binoning issiqlik tizimini ta’mirlash;
✍️ DMTTning tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvur tarmoqlarini ta’mirlash;
✍️ eshik va deraza romlarini yangilash, podokonnoklar o‘rnatish hamda eshik va deraza romlari o‘rnatilgandan so‘ng atkos qismlarini ta’mirlash;
✍️ binoning fasad qismini, jumladan, sokol qismlarini to‘liq ta’mirlash.

🇺🇿 Mazkur ishlarning amaldagi holatini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Ismanov Jafar Xodjimuratovich boshchiligida ishchi guruh tomonidan obyektga chiqilib, loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan ishlarning amalda bajarilishi, ularning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlarining sifati, bajarilgan ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Ismanov Jafar Xodjimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Zarnigor Kuziyeva hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdi.

📈 Mazkur loyiha natijasida 40 yildan ortiq vaqt avval bunyod etilgan ta’lim maskanining moddiy-texnik holatini yaxshilash, tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda ta’lim muassasasining infratuzilmasini yangilash ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 9