Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Babajanov Yakubjon Shakirdjanovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Axmedov Hayitalijon Olimjon o‘g‘lining hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Xo‘jamqulov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘lining hisoboti deputatlar tomonidan o‘rganilib atroflicha muhokama qilinmoqda.
янв.21
Kenjayev Bahodir Rajabmurodovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilinmoqda.
янв.21
Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi boshlig‘i – Kadirov Umidjon Suhbatjonovich o‘z axborotini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i - Muxitdinov Muxtor Yashnarovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Tuychiev Murodjon Mirmuxsin o‘g‘lining axborotlari deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Nosirov Shohrux Shuhrat o‘g‘lining hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Dusmuxamedov Alisher Ismatillaevich o‘z hisobotlarini taqdim etmoqda.
19-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet

19-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI SIFATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

🕯 2026-yil “Tashabbusli byudjet” jarayonining I mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining holati joyiga chiqib o‘rganildi.

Loyiha doirasida quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilangan:
✍️ barcha hojatxonalarni, kanalizatsiya tizimi hamda yerto‘la quvurlarini ta’mirlash;
✍️ eshik va deraza romlarini yangilash, podokonnoklar o‘rnatish hamda eshik va deraza romlari o‘rnatilgandan so‘ng atkos qismlarini ta’mirlash;
✍️ DMTTning tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya quvur tarmoqlarini ta’mirlash;
✍️ oshxonani to‘liq ta’mirlash.

📝 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, bajarilish sifati va belgilangan talablar asosida olib borilayotgani ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qolgan ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

📈 Shuningdek, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, obyektni foydalanishga topshirishga tayyorlash hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligida, Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abilov hamda ekspert guruhi a'zolari ishtirok etdi.

Slide 1 of 9