Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“SHON-SHUHRAT” MAHALLASIDAGI ISSIQ SUV TARMOQLARI YANGILANMOQDA
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“CHARXNOVZA” MAHALLASIDAGI “OTALAR OROMGOHI” — NURONIYLAR UCHUN QULAY MASKAN YARATISH DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va murojaatlar sohasi
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
“Mohirlar” mahallasidagi Murabbiylar ko‘chasiga tezlikni o‘lchovchi radar o‘rnatish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA BARQAROR DAROMAD MANBALARINI YARATISH — DEPUTAT E’TIBORIDA
#DOIMIY_KOMISSIYA_FAOLIYATI #EKSPERT_GURUHI_FAOLIYATI #YOSHLAR_MASLAHAT_GURUHI


Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Kengash raisi, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash Kotibiyati xodimlari hamda ekspert guruhlari vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda tuman hududida suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror ijrosi masalasi o‘rin oldi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarining hisoboti tinglandi. Hisobotda Farmonda belgilangan vazifalarning tuman hududida ijro etilishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‘orish tarmoqlarining holatini yaxshilash va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Muhokama davomida doimiy komissiya a’zolari, ekspert guruhi va yoshlar maslahat guruhlari tomonidan mas’ullarga tegishli savol va takliflar bildirilib, Farmon va Kengash qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida hamda sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilib, tegishli qaror loyihasi navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish uchun tavsiya etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7