35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDAGI MAYDONCHA MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Yunusobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI YANADA BOYITILDI
янв.21
Chilonzor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“QOZIGUZAR” MAHALLASIDA YOMG‘IR SUVLARI TOSHQININING OLDINI OLISH BO‘YICHA QURILISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Mulk va raqobat sohasi
янв.21
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT — ULARNING KELAJAKKA ISHONCHINI MUSTAHKAMLASH SARI MUHIM QADAM
Yoshlar bilan ishlashdagi muammolar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi A.Mahkamov raislik qildi. Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i F.Rahimjonovning hisoboti tinglandi. Hisobotda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish borasidagi ishlar bilan bir qatorda, sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Muhokama jarayonida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan qator savollar berildi. Jumladan, doimiy komissiya a’zosi S. Azizov fuqarolardan takroriy murojaatlarning kelib tushish sabablari bilan qiziqdi. Savol doirasida murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarning nega qayta-qayta takrorlanayotgani, ularning tub sabablarini aniqlash hamda muammolarni joyida hal etish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani yuzasidan mas’ulga izoh so‘raldi.

Doimiy komissiya raisi A. Mahkamov esa shaharda o‘tkazilayotgan sport musobaqalari yuzasidan savol bilan murojaat qildi. Xususan, sport tadbirlarining qamrovi, yoshlarni muntazam sportga jalb etish va bunday musobaqalarning yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishning kun tartibidagi uchinchi masalasi — deputatlar tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlariga mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan javoblar ham muhokama qilindi. Unda deputatlik so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi, berilgan javoblarning mazmuni hamda muammolarning amaliy yechimiga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Deputatlar tomonidan murojaat va so‘rovlarga faqat rasmiy javob berish bilan cheklanib qolmasdan, masalalarning amaliy yechimini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi I. Ibrohimov muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Yoshlar vakilining fikrlari hamda takliflari doimiy komissiya muhokamasida yoshlarning bevosita ishtirokini ta’minlash, ularning muammolari va takliflarini o‘rganishda Yoshlar maslahat guruhining imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhimligini ko‘rsatdi.

Yig‘ilish davomida bildirilgan savol, taklif va mulohazalar yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratildi. Muhokamalar yakunida tegishli mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 10