#162_ta_qonun
🏦 BANK FAOLIYATI QONUNCHILIK ASOSIDA O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X.Xojidinov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Surxondaryo viloyati Sherobod Bank xizmatlari markazida o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
⚖️ O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-580-son Qonuni talablari savolnoma asosida o‘rganilib, bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.
🔎 Shuningdek, bank xizmatlaridan foydalanayotgan fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda mijozlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
💬 O‘rganish jarayonida mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, bank faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan fikr almashildi.
📋 Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube