35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SERIKBAY USENOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Bektemir tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: QICHQIRIQ MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“DO‘STOBOD” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LNI TIKLASH BO‘YICHA PUDRATCHIGA TEGISHLI KO‘RSATMA BERILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI VA IJTIMOIY MASALALAR DEPUTATLAR NAZORATIGA OLINDI
янв.21
“DO‘STLIK” MAHALLASIDAGI YASHIL MAYDONLARNI SUG‘ORISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
янв.21
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDAGI SHAROITLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
“BESHQAYRAG‘OCH”DA FUQAROLAR MUROJAATLARIGA AMALIY YECHIM
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_so'rovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Uchtepa tumani Katta Cho‘ponota mahallasi hududida fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuv hamda hududni o‘rganish davomida aholi tomonidan mahalla hududidan, xususan, Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenajning holati, uni o‘z vaqtida tozalash va tartibga keltirish zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirilganligi, murojaat yuzasidan hududga chiqib o‘rganilganda, Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenaj o‘zanida turli chiqindilar, loyqa va boshqa yot jismlar to‘plangani, ayrim joylarda suv oqimiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar mavjudligi, shuningdek, drenajni tozalash va uning suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash zarurligi qayd etilgan.

📇 Mazkur holat, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida drenajning suv o‘tkazish qobiliyati pasayishi, suvning to‘planib qolishi hamda aholi va hudud infratuzilmasiga noqulayliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi alohida ko'rsatilgan.

📈 Yuqoridagilardan kelib chiqib, Katta Cho‘ponota mahallasi hududidan, xususan, Quyi Bo‘zsuv ko‘chasidan o‘tgan drenajning holatini belgilangan tartibda o‘rganib chiqishingizni, drenaj o‘zanida to‘plangan loyqa, chiqindi va boshqa to‘siqlarni tozalash, suv o‘tkazish qobiliyatini tiklash hamda hududni sanitariya va obodonlashtirish talablariga muvofiq tartibga keltirish bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda drenajning kelgusida muntazam ravishda tozalanishi va texnik holati nazorat qilib borilishini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini va ko‘rilgan choralar va erishilgan natijalar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1