Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan fuqaro Mamajonova Klaraxon Aminovnaning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida Qo‘qon shahar “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘ini, Bahmalbof ko‘chasi, 132-uyda yashovchi fuqaroning murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaat mazmuni fuqaroning pensiyasini qayta hisoblatish masalasiga oid bo‘lib, ushbu masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishiga kelishib olindi.
Fuqaroning murojaatini o‘rganish jarayonida unga tegishli tartib-taomillar yuzasidan tushuntirishlar berilib, masalani ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi