35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Poytaxtning 35 yillik o‘sish sur’ati
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Shovot tumanining Royat mahallasida amalga oshirilib, manzilli dastur doirasida belgilangan infratuzilmaviy loyihaning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🚧 Xususan, Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan Bahor ko‘chasi 1,4 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini qurish hamda 60 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha belgilangan ishlarning borishi o‘rganildi.
Mazkur loyiha mahalla aholisi, ayniqsa, piyodalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda hududning obodonlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
👥 Belgilangan vazifalarning ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish va mavjud holatni tahlil qilish maqsadida xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzat Masharipovich, Kengash deputati Yo‘ldoshova Oyimjon Kurvonnozarovna Kengash bosh mutaxassisi Abdirimova Dildor Komilovna hamda tegishli tashkilotlar tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
🔎 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning belgilangan manzilli dastur talablariga muvofiqligi, ishlarning sifati va muddatlariga rioya etilishi, shuningdek, loyiha yakunlangach, aholiga yaratiladigan qulayliklar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarning qog‘ozda qolib ketmasdan, amalda va sifatli bajarilishini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholining manfaatlari ustuvorligini ta’minlashdan iborat.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram

Slide 1 of 4