Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, sog‘liqni saqlash tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
🔬 Tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash — kasalliklarni erta aniqlash, aniq tashxis qo‘yish va davolash samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
📍 Taxiatosh tumani misolida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
👨⚕️ Zamonaviy uskunalar va malakali mutaxassislar uyg‘unligi aholiga o‘z hududida sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
🤝 Deputat sifatida ushbu yo‘nalishdagi ishlarning joylarda samarali amalga oshirilishi, aholi murojaatlari va mavjud muammolarning yechimiga e’tibor qaratish muhim, deb hisoblayman.
Zero, inson salomatligi — jamiyat farovonligining eng muhim mezonidir.