35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV VA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojieva tomonidan o‘zining saylov okrugi hududida joylashgan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv hamda fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish, fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Jumladan, “Mirishkor” ko‘chasi 19-xonadonda yashovchi fuqaro X.Sulaymonov ko‘mir olish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qildi. Mazkur masala o‘rganilib, uni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, “Orzu” ko‘chasi 17-xonadonda yashovchi fuqaro F.Yadamov kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasida murojaat qildi. Fuqaroning murojaati tinglanib, masalani o‘rganish va zarur amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1