Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Saidova Shayxon MFY mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlarini tinglamoqda.
Muloqotlar davomida, avvalo, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, ish izlayotgan fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Fuqarolarning murojaat va takliflari joyida o‘rganilib, har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar belgilanmoqda.
Maqsad — murojaat ortidagi muammoni eshitish, uning yechimini topish va fuqarolar uchun munosib sharoit yaratishga ko‘maklashish.