35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich o‘zi saylangan okrugdagi “Bo‘rsiliq” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi Dilshod Raxmatov bilan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.Shuningdek,“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, ularning muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar haqida ma’lumotlar tinglandi. Joriy yil boshidan buyon 8 nafar yoshning bandligi ta’minlangani, 5 nafar yosh kasb-hunarga o‘qitilgani qayd etildi. Alohida e’tibor 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalasiga qaratildi. Ma’lum qilinishicha, “Bo‘rsiliq” mahallasida mazkur o‘quv yilida 66 nafar yosh ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lib, ularning 22 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan. Qolgan 42 nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash maqsadida ularga turli yo‘nalishlardagi bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan.Tadbir yakunida deputat tomonidan yoshlar bilan bog‘liq masalalarni doimiy nazorat qilib borish, aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3