Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dasturda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Shovot tumanining Qo‘shko‘pir mahallasida amalga oshirilib, manzilli dastur doirasida belgilangan infratuzilmaviy loyihaning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
🚧 Xususan, Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan Maxtumquli ko‘chasida 1 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini qurish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha belgilangan ishlarning borishi o‘rganildi.
Mazkur loyiha mahalla aholisi, ayniqsa, piyodalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda hududning obodonlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
👥 Belgilangan vazifalarning ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish va mavjud holatni tahlil qilish maqsadida xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzat Masharipovich, Kengash bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich hamda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputat Ishchanov Alibek Raximberganovich tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
🔎 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning belgilangan manzilli dastur talablariga muvofiqligi, ishlarning sifati va muddatlariga rioya etilishi, shuningdek, loyiha yakunlangach, aholiga yaratiladigan qulayliklar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarning qog‘ozda qolib ketmasdan, amalda va sifatli bajarilishini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholining manfaatlari ustuvorligini ta’minlashdan iborat.