35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shovot tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori Saidov Mardon Bakiyevichning tumanda 2026-yil yanvar–avgust oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan hisoboti masalasi doirasida sessiya oldidan Archazor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📚 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari haqida”gi KQ-360-V-son qarori talablari asosida tashkil etildi.
👥 O‘rganishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Kengash Kotibiyati mudiri I. Masharipov, Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov, Archazor mahallasi raisi hamda Shovot tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi xodimlari ishtirok etdilar.
🚶‍♂️ O‘rganish davomida mahallada aholi tomonidan yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq bildirilgan murojaatlar, ularning ko‘rib chiqilishi va amaliy hal etilishi holati, shuningdek, ichki yo‘llarning mavjud holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🗣 Mahalla raisi va fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, yo‘llarni ta’mirlash, obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va murojaatlar tinglandi.
🔎 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va mazkur masalalarni navbatdagi sessiyada muhokama qilish uchun zarur takliflarni shakllantirish belgilandi.
🤝 Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash — xalq vakilligining muhim vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 3