35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi

Deputat tomonidan fuqarolar murojaati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 7-Fayzobod saylov okrugi deputati N.Dushayeva, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova hamda “Tinchlik” MFY raisi ishtirokida mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

📃O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan mahalla hududidagi ichimlik suvi tarmoqlarining nosoz holati bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi. Xususan, ayrim hududlarda suv tarmoqlaridan tinimsiz suv oqib turishi natijasida yo‘l va yo‘l chetlariga suv toshib, aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

📌Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, aholi murojaatlarini ko‘chama-ko‘cha o‘rganish daftariga qayd etildi.

📌Murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, mavjud muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish, uning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5