35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
#_deputat_faoliyati Alisher Navoiy mahallasida aholi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda

#_deputat_faoliyati
Alisher Navoiy mahallasida aholi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi Mas’ud Ashurov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 23-Aeroport saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva o‘z saylov okrugiga qarashli Alisher Navoiy mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalla hududida barpo etilayotgan usti yopiq savdo majmuasi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mazkur inshootning bunyod etilishi mahalla aholisi uchun zamonaviy va qulay savdo xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bilan bir qatorda, hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, savdo-sotiqni tartibga solish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mas’ullar tomonidan qurilish ishlarining amaldagi talablar asosida olib borilishi, obyektning sifatli va puxta barpo etilishi hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallada aholining kundalik ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Kengashi raisi va deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini ta’minlash, aholining murojaatlari va takliflarini o‘rganish, mahallada yashovchi fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bunday bunyodkorlik loyihalari mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, aholining turmush farovonligini oshirishga hamda hudud qiyofasining yanada obod va zamonaviy tus olishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1