35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.Usmonov tomonidan Yoshlar kuni tadbirlari doirasida “Vaqf Chorsu” mahallasida yoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida yoshlar tomonidan ta’lim krediti to‘lovlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish, ishga joylashish, bandlikni ta’minlash hamda turli ijtimoiy masalalarni hal etish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat atroflicha tinglanib, yoshlarning muammolarini imkon qadar joyida hal etish choralariga e’tibor qaratildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ayniqsa, yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi, ta’lim krediti bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etish hamda yoshlarning o‘qishini davom ettirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6