📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🏛 Sherobod tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Kengash deputatlari, kotibiyat xodimlari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
📝 Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan 16 ta dolzarb masala atroflicha muhokama qilinib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
⚖️ Shuningdek, huquq-tartibot va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari ham muhokama qilinib, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✅ Sessiya yakunida deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube