“Transport to‘g‘risida”gi Qonun o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 9 avgustdagi O‘RQ-706-son “Transport
to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur Qonunning asosiy maqsadi transport sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, transport xizmatlarining samaradorligi va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, transport xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani
qayd etildi.
Deputat tomonidan Qonunda belgilangan transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, transport vositalaridan foydalanish,
yo‘lovchilar va yuklarni tashish, transport xizmatlarini ko‘rsatish hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga oid normalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ayniqsa, aholiga qulay, sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish, yo‘lovchilarning huquqlarini ta’minlash, jamoat transporti
faoliyatini samarali tashkil etish hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qonun talablarining hududda samarali ijrosini ta’minlash, transport sohasida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, aholi
murojaatlarini o‘rganish hamda bu yo‘nalishda deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Mazkur Qonun transport sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soluvchi muhim
qonun hujjatlaridan biri hisoblanadi.
Xalq deutatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati KAZAKOV MADAMIN RAJAPOVICH