📜 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-537-son) ijrosi yuzasidan Shovot tumanida faoliyat yuritayotgan o‘quv markazlarining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida o‘quv markazlarida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, mavjud shart-sharoitlar hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.
👤 O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.