SESSIYA VA DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
❇️ Mahalliy Kengashlarning o‘zaro tajriba almashishini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafigi asosida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati vakillarining Guliston shahar Kengashiga tashrifi davomida sessiyalar va doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish tajribasi o‘rganildi.
📚 Tashrif jarayonida Kengash sessiyalarini tayyorlash va o‘tkazish, doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish, kun tartibi va bayonnomalarini rasmiylashtirish, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy tajriba almashildi.
✅ O‘rganish davomida sessiya va doimiy komissiyalar faoliyatini hujjatlashtirishda samarali ish usullari muhokama qilinib, ilg‘or tajribalarni Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati faoliyatiga tatbiq etish masalalariga e’tibor qaratildi.