35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati: Haftalik ish rejalari belgilab olindi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati: Haftalik ish rejalari belgilab olindi

Bugun Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida navbatdagi haftalik reja yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, joriy haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Deputatlik so‘rovlari va murojaatlar: Aholi va saylovchilar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda deputatlik so‘rovlarini shakllantirish jarayonini jadallashtirish;

Doimiy komissiyalar faoliyati: Kengashning doimiy komissiyalari yig‘ilishlarini sifatli tashkil etish va ko‘rilayotgan masalalarning ijrosini nazoratga olish;

Xujjatlar ijro intizomi: Kotibiyatga kelib tushgan hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.