35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
TA’LIMGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR: DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yilining ilk qadami
янв.21
ULUG‘BEK ZIYODULLAYEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
“Ahil” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Yangi o‘quv yili muborak!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
янв.21
AZIZ VATANDOSHLAR!
янв.21
MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

Bugun, 2-sentyabr kuni Muborak tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
🎓 Mazkur tadbirlarda Muborak tumani hokimi G‘olib Murodov, xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi deputati G.Jo‘rayeva, maktab jamoalari, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.
📚 Tadbir davomida Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.
🎁 Shuningdek, birinchi sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari topshirildi.
✨ Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi-yoshlar uchun yangi bilim, ulkan maqsadlar va yorqin yutuqlar sari muhim qadam bo‘lishi tilak bildirildi.
📌 Ma’lumot uchun: joriy o‘quv yilida Muborak tumanidagi maktablarda 2013 nafar bola birinchi sinfga qabul qilindi.

🇺🇿 Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin! Barcha o‘quvchi va ustozlarga omad va zafarlar tilaymiz!

Slide 1 of 5