35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Mahalla va deputat hamkorligi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan Farovon mahalla yettiligi faoliyati hamda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy masalalar, xususan, xotin-qizlar bilan ishlash faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan deputat tavsiyasiga asosan 24 ta tavsiya berilgani, bugungi kunga qadar 106 nafar xotin-qiz tegishli ro‘yxat va bazalarga kiritilgani hamda belgilangan ishlarning 75 foizi bajarilgani qayd etildi.Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida fuqaro Bekmirzayeva Saodatning murojaati deputat tomonidan ko‘rib chiqildi. Murojaatda mahalla reyestridagi oilalarni kiyim-kechak bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.Mazkur murojaat joyida o‘rganilib, tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda masalani ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Mahalla va deputat hamkorligi — fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, muammolarni joyida aniqlash va ularni amaliy hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2