35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
TA’LIMGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR: DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yilining ilk qadami
янв.21
ULUG‘BEK ZIYODULLAYEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
“Ahil” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Yangi o‘quv yili muborak!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
янв.21
AZIZ VATANDOSHLAR!
янв.21
MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT
Aholining huquqiy himoyasi yo‘lida: "Madad" NNT faoliyati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar tahlil qilindi


🗣Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularga sifatli va bepul huquqiy maslahatlar berish orqali ijtimoiy muammolarini hal etish bugungi islohotlarning muhim bo‘g‘inidir.

⏺Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) Termiz shahar huquqiy maslahat burosiga tashrif buyurib, muassasaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💬 Suhbat va tahlil jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🟢Bepul huquqiy ko‘mak sifati: “Madad” NNT tomonidan shahar aholisiga, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan bepul huquqiy maslahat va amaliy yordamlar holati tahlil qilindi;

🟢Murojaatlar statistikasi: Fuqarolar ko‘proq qaysi sohalar (uy-joy, oilaviy munosabatlar, mehnat huquqi, ijtimoiy nafaqalar) bo‘yicha murojaat qilayotgani va ularning ijobiy hal etilish ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi;

🟢Zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilishi: Tashkilot tomonidan fuqarolarga onlayn va oflayn tarzda xizmat ko‘rsatish tezkorligi hamda samaradorligi baholandi.

💬 Uchrashuv davomida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi. Bu esa mahallalarda o‘tkazilayotgan deputatlik o‘rganishlari davomida yuzaga kelayotgan chalkash huquqiy muammolarni joyida, professional darajada va tezkor hal etish imkonini beradi.