35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayrami munosabati bilan
mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Oltinsoy tumanida ham ulkan
bunyodkorlik, obodonlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar keng ko‘lamda
amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi davrda tumanda
erishilgan natijalar har bir sohada o‘zining amaliy aksini topmoqda.
 

Ijtimoiy soha va ta’lim sifatini
oshirish Tumanda
aholi farovonligini ta’minlash, yosh avlodning zamonaviy sharoitlarda ta’lim va
tarbiya olishini yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qancha yangi maktablar hamda
maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi, mavjudlari esa
tubdan mukammal ta’mirlandi. Zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan
ushbu muassasalar tumanda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim
omil bo‘lmoqda.
 

Infratuzilma va yo‘l qurilishi Aholi turmush darajasini
yaxshilash va hududiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘lida tuman ichki hamda
markaziy yo‘llarida keng ko‘lamli asfaltlash va ta’mirlash ishlari bajarildi.
Olis va chekka qishloqlargacha bo‘lgan yo‘l tarmoqlarining tartibga
keltirilishi fuqarolarning uzog‘ini yaqin qilib, transport harakati xavfsizligi
hamda qulayligini oshirdi.
 

Sanoat,
investitsiya va bandlik Iqtisodiyotni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini
yaratish borasida ham qator amaliy loyihalar hayotga tatbiq etildi. Tumanda
yangi ishlab chiqarish korxonalari va sanoat rejalari asosida zavodlar
faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yuzlab mahalliy aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va
yoshlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlandi. Bu esa tuman iqtisodiy
salohiyatini oshirish bilan birga oilalar farovonligini mustahkamlashga xizmat
qilmoqda.
 

Mustaqillik
— bu xalqimizning eng buyuk yutug‘idir. Oltinsoy tumanida amalga oshirilayotgan
har bir bunyodkorlik va ijtimoiy loyiha yurtimiz mustaqilligining barhayotligi xalqimizning
porloq kelajagiga qo‘shilayotgan munosib hissadir.
 

  

Xalq
deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiriM.Xujanov
  

Slide 1 of 1