35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK ISHLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA UCHUN ZAMONAVIY MASKAN — AHOLIGA QULAY XIZMAT KO‘RSATISH SARI MUHIM QADAM
янв.21
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Poytaxtning 35 yillik o‘sish sur’ati
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida

#sessiya_kun_tartibidagi_masala #24_ta_tavsiya #doimiy_komissiya_faoliyati
#nazorat_tahlil #kotibiyat_mudiri_faoliyati

Ta’lim muassasasidagi mavjud holat deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 9-Gilambob saylov okrugidagi “Xalqobod” mahallasida joylashgan 25-umumta’lim maktabida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati - tuman Kengashining mahalliy budjet tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi o'rinbosari N.Alimov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan maktabdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar va aniqlangan muammolar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ham atroflicha o‘rganilib, maktab binosi, sinfxonalar, mavjud shart-sharoitlar, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida belgilangan 24 ta tavsiya asosida maktabdagi holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6