35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAHALLALAR OBODLIGI — AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ MUHIT
янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
TA’LIMGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR: DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yilining ilk qadami
янв.21
ULUG‘BEK ZIYODULLAYEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
“Ahil” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Yangi o‘quv yili muborak!
Soy bo‘yi MFY fuqarolarining ekologik masala yuzasidan murojaatlari o‘rganildi

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni talablari asosida tashkil etildi. Unda mahalla fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlarning mazmuni, ko‘tarilgan muammolarning dolzarbligi hamda ularni amaliy jihatdan hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning asosiy qismi shaharda faoliyat yuritayotgan “Ko‘mir saqlash ombori” faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, fuqarolar tomonidan ushbu obyekt atrofida ko‘mir mahsulotlarini saqlash va tashish jarayonlari natijasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar yuzasidan e’tirozlar bildirildi.
Xususan, aholi xonadonlariga yaqin hududda ko‘mir saqlanishi oqibatida havoning changlanishi va ifloslanishi, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, kundalik hayot uchun noqulay sharoitlar yuzaga kelayotgani haqida murojaatlar bildirildi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, hududning ekologik holati, aholiga yetkazilayotgan noqulayliklar va tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan choralar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.
️Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, havoning ifloslanishining oldini olish, sanitariya va ekologik talablarning bajarilishini ta’minlash, aholi salomatligi va yashash sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Fuqarolar bilan muloqot davomida ularning fikr va takliflari tinglanib, mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning vakillari bilan tegishli choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan ekologik masalalarni qonunchilik talablari asosida hal etish, hududdagi ekologik vaziyatni yaxshilash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni davom ettirish belgilandi.
Aholi murojaati — e’tibor va nazoratda. Soy bo‘yi MFY fuqarolarining haqli talab va takliflarini o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1