35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
158-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“Do‘stlik” mahallasidagi yashil maydonlarni sug‘orish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
158-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ” — KATTA QO‘YLIQDA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI KENG NISHONLANDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 157-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat Muxtor Ilhomov “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
янв.21
Deputat Tashpolat Matibayev “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLARNING TA’LIM VA KASBIY KELAJAGIGA OID JARAYONDA ISHTIROK ETDI
янв.21
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” — “O‘RTA MASJID” MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
Piyodalarga xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan tumanning “Markaziy” va “Navro‘z” mahallalarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati qatnashchilari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda piyodalar yo‘laklarining svetoforlar, yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari bilan jihozlanish holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida, avvalo, piyodalarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘l infratuzilmasi ob’ektlarining texnik holati va ularning belgilangan talablarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlanishicha, hududdagi piyodalar harakati serqatnov bo‘lgan yo‘l va chorrahalarda tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan bo‘lib, ular haydovchilar va piyodalar uchun zarur axborotlarni yetkazib berishga xizmat qilmoqda.

🔺Shuningdek, o‘rganilgan hududdagi svetoforlar soz holatda ekanligi, ular belgilangan tartibda ishlab, yo‘l harakatini tartibga solishga xizmat qilayotgani kuzatildi. Svetoforlarning soz ishlashi, ayniqsa, harakat jadalligi yuqori bo‘lgan hududlarda piyodalar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔺Biroq, o‘rganish davomida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan, yo‘l chiziqlarining eskirib qolgani va ayrim joylarda ularning ko‘rinishi sezilarli darajada pasaygani ma’lum bo‘ldi. Bu holat, ayniqsa, tungi vaqtda va noqulay ob-havo sharoitlarida haydovchilar hamda piyodalar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirishi, piyodalar o‘tish joylarining aniq ko‘rinishini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🔺Deputat tomonidan piyodalar xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasi obyektlarining sozligi va ko‘rinishini ta’minlash, shuningdek, harakat xavfsizligi bilan bog‘liq holatlarni muntazam nazorat qilish bo‘yicha mas’ullarga murojaat qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 1