MUNOSABAT
🇺🇿 YANGI O‘ZBEKISTON — O‘ZGARGAN INSON VA O‘Z KUCHIGA ISHONGAN FUQARO TIMSOLIDA
📌 “Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi — bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir!” — dedi mamlakatimiz Prezidenti.
⚡️ Ushbu fikrlar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi — inson qadrini ulug‘lash, xalq farovonligini ta’minlash va fuqarolarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash ekanini yana bir bor namoyon etadi.
🇺🇿 Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda izchil islohotlar amalga oshirilib, aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, zamonaviy infratuzilmaning barpo etilishi, mahallalarda yangi imkoniyatlarning yaratilishi — bularning barchasi inson manfaatlariga xizmat qilmoqda.
📌 Prezidentimiz tomonidan fidoyi va bunyodkor vatandoshlarimizga, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirilgani ham xalqimizning mamlakat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rnini e’tirof etishdir.
✅ Bugungi kunda har bir mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, obod ko‘chalar, yangilanayotgan infratuzilma va yaratilayotgan qulayliklar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining amaliy ifodasidir.
✅ Yangi O‘zbekistonni barpo etish — bu faqat yangi binolar yoki infratuzilmalarni yaratish emas. Bu, avvalo, o‘z kuchiga ishongan, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan, ertangi kunga ishonch bilan qaraydigan insonlar jamiyatini shakllantirishdir.
✅ Prezidentimiz ta’kidlaganidek, inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalqimiz bilan birgalikda dadil borilmoqda.
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi arafasida bu ulug‘ maqsadlar xalqimizning birdamligi, mehnati va bunyodkorlik salohiyati bilan yangi yutuqlar sari davom etmoqda.
✍️ Ismoil Sagdullayev
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati