Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova, 25-“Yangi Toyloq” saylov okrugi deputati M. Aminova, Toyloq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Rabbimov hamda tuman Kengashi mutaxassislari ishtirokida Charag‘bon mahallasida ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida tashkil etilgan oilaviy bog‘chada yong‘in xavfsizligi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mavjud yong‘inga qarshi vositalar, jumladan, o‘t o‘chirish moslamalarining holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.