35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
158-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“Do‘stlik” mahallasidagi yashil maydonlarni sug‘orish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
158-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ” — KATTA QO‘YLIQDA MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI KENG NISHONLANDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 157-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat Muxtor Ilhomov “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
янв.21
Deputat Tashpolat Matibayev “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLARNING TA’LIM VA KASBIY KELAJAGIGA OID JARAYONDA ISHTIROK ETDI
янв.21
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” — “O‘RTA MASJID” MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Joriy yilning 26- avgust kuni Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishiga Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi raisi U.Salimov raislik qildi.

Unda tuman hokimi U.Yelmuratov, hokim o‘rinbosarlari, ijro organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

📌 Sessiya kun tartibidan 10 ta masala o‘rin oldi:

1️⃣ Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, budjet daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar;
2️⃣ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati;
3️⃣ Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash hamda ijro intizomini mustahkamlash borasidagi ishlar;
4️⃣ Tuman mahalliy budjetining 2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha qo‘shimcha manba hisobidan mablag‘ ajratish;
5️⃣ Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va hududning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari;
6️⃣ Qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar;
7️⃣ Qishloq xo‘jaligi sohasida 2026-yilning olti oyida bajarilgan ishlar;
8️⃣ Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda oilalarni mustahkamlash borasidagi ishlar;
9️⃣ Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 30-iyundagi VII-28-72-5-76-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish;
🔟 Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish va ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

📋 Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9