35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 157-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat Muxtor Ilhomov “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
янв.21
Deputat Tashpolat Matibayev “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT YOSHLARNING TA’LIM VA KASBIY KELAJAGIGA OID JARAYONDA ISHTIROK ETDI
янв.21
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” — “O‘RTA MASJID” MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Yolg‘iz qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga amaliy ko‘mak berish tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
янв.21
43-“DO‘STLIK” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI
янв.21
BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA QURUQLIK EKOTIZIMLARINI MUHOFAZA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun Popda bayramona tong otdi!

Bugun Popda bayramona tong otdi!

Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida Kelachi mahallasidagi Toshkent ko‘chasi yangicha qiyofada, fayzu tarovat bilan el-yurt bag‘riga ochildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mehmonlari, nuroniy otaxonlar, yoshlar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan munosib sharoitlarga to‘xtalib, ushbu ezgu tashabbusni amalga oshirishda hissa qo‘shgan POP CITY MALL rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etgan Toshkent ko‘chasi tantanali ravishda ochildi!

Yoshlarimizning sevimli san’atkori Jahongir Foziljonov «Bojalar» guruhi Kelachi mahallasidagi Yoshlar maydonida o‘zining dilrabo qo‘shiqlari bilan haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi!

Slide 1 of 7