35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
TA’LIMGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR: DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDAGI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yilining ilk qadami
янв.21
ULUG‘BEK ZIYODULLAYEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
“Ahil” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlarining qonuniyligi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
Yangi o‘quv yili muborak!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
янв.21
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!
янв.21
AZIZ VATANDOSHLAR!
янв.21
MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT
“Hunarmandlar” mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 19-“Munchoqtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Mamadiyev hamda tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi T. Gulmatov tomonidan saylov okrugi hududiga qarashli “Hunarmandlar” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan ichki ko‘chalar chetlarini betonlash, ariq-zovurlarni tozalash, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud daraxtlarni oqlash va shakl berish, yashil hududlarni kengaytirish hamda mahalla ko‘chalarining yanada fayzli va ozoda ko‘rinishga keltirilishiga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Bunday obodonlashtirish ishlari, avvalo, mahalla aholisi tashabbusi va hamjihatligi asosida amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatlidir. Hududning obodligi va tozaligi esa aholi uchun qulay hamda munosib yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Obod mahalla — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 6