35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XUSNIDDIN ERGASHEV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
Poytaxtning 35 yillik o‘sish sur’ati
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatining axborot maydonidagi samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
“XO‘JA UCHQUN”DA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
TALABALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
Mustahkam oiladan farovon jamiyat sari
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “AHIL” MAHALLASIDAGI QURILISH MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI
янв.21
“Do‘stobod” mahallasidagi ichki yo‘lni to‘liq tiklash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2-Sahovat saylov okrugi deputati S. Azizov tomonidan 2026-yil 9-aprel kuni yuborilgan deputatlik so‘rovi o‘zining amaliy natijasini bermoqda.

Mazkur deputatlik so‘rovida Ipakchi mahallasi Bog‘chasaroy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarga tutash umumiy hojatxonaning sanitariya talablariga javob bermaydigan, eskirgan va yaroqsiz holati masalasi ko‘tarilgan. Ushbu obyektning mavjud holati hudud aholisi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani, sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash zarurligi deputat tomonidan tegishli tashkilotlar e’tiboriga havola etilgan.

Deputatlik so‘rovi ortidan masalani amaliy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, hududdagi umumiy hojatxonani ta’mirlash uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan 120 million so‘m ajratildi.

Bugungi kunda ajratilgan mablag‘lar hisobidan eskirgan va foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan obyektni yangilash bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Hududda zamonaviy talablarga javob beradigan, sanitariya-gigiyena me’yorlariga mos obyektni barpo etish yuzasidan amaliy ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Mazkur jarayonning e’tiborli jihati shundaki, deputatlik so‘rovi yuborilishi bilan masala kun tartibidan tushib qolmadi. S.Azizov tomonidan so‘rov ijrosi va olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi hamda nazoratga olindi.

O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida amalga oshirildi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi hamda obyektni zamonaviy va sanitariya talablariga mos holatga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Eng muhimi, mazkur holat deputatlik so‘rovining oddiy murojaat yoki talab bilan cheklanib qolmasdan, muammoni amaliy hal etishga xizmat qilayotganini ko‘rsatmoqda. Aholi uchun muhim bo‘lgan masala ko‘tarildi, tegishli mablag‘ ajratildi, qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi va uning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Bu esa mahalliy Kengash deputatining o‘z saylov okrugidagi muammolarni aniqlash, tegishli tashkilotlar oldiga aniq masalalarni qo‘yish va muammo to‘liq hal etilgunga qadar uning ijrosini nazorat qilish borasidagi mas’uliyatini yaqqol namoyon etadi.

Mazkur tashabbus natijasida Ipakchi mahallasidagi aholi uchun sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, hududning sanitariya-epidemiologik xavfsizligini ta’minlash va yashash muhitini yanada obod qilishga xizmat qiladigan muhim loyiha amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 10