Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi
янв.21
BOLALAR UCHUN MUNOSIB SHAROIT — 94-SONLI DMTTDA MAVJUD MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Zamonaviy rahbarlikning asosi nimada? Vakolatdan ko‘ra muhimroq bir qadriyat bor: bu halollik. Uning jamiyat va davlat uchun ahamiyatini tahlil qilamiz.
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING YIGIRMANCHI YALPI MAJLISI O‘Z ISHINI BOSHLADI
янв.21
KATTA CHO‘PONOTA MAHALLASIDA USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM
янв.21
USTOZGA EHTIROM — YUKSAK QADRIYAT
янв.21
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI BOLALAR FUTBOL MAYDONCHASI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
“TEPAGUZAR” MAHALLASIDAGI INFRASTRUKTURA VA XAVFSIZLIK BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
#kunlik_ish_reja
#kunlik_ish_reja
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI SH. ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI

24.08.2026-yil


09:00 dan 09:30 gacha
Xodimlarning ishga o‘z vaqtida kelganligini va belgilangan vazifalarni bajarishini nazorat qilish, xodimlar o‘rtasida kunlik topshiriqlarni rejalashtirish. Davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan, xususan, “E-Kengash” tizimi orqali Kengash va deputatlarga kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda xodimlar o‘rtasida tegishliligiga ko‘ra taqsimlash.

09:30 dan 13:00 gacha
M. Ulug‘bek MFYda Kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov bilan birgalikda elektr energiyasi ta’minoti va aholi bilan bog‘liq muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov.

14:00 dan 16:00 gacha
Kogon shahrida 2026–2027-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va tegishli tashkilotlarning amaliy ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda sessiya oldi o‘rganish ishlarini amalga oshirish.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Temirova.

16:00 dan 17:30 gacha
24 ta tavsiya asosida olib borilgan ishlarni tahlil qilish va ularning ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishini nazorat qilish.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Temirova.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan hududlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlar axborotlarini yoritish.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi I. Ikromov.
Deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Temirova.

17:30 dan 18:00 gacha
Kun samaradorligi yakunlarini chiqarish, hafta rejasida ushbu kunda bajarilishi belgilangan vazifalar va ma’lumotlarning to‘liq amalga oshirilganligini monitoring qilish hamda ertangi kun rejasini tuzish.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash