Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“XONTO‘PI” MAHALLASIDA ELEKTR TARMOQLARINI MODERNIZATSIYA QILISH VA ESKIRGAN SIMLARNI ALMASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
CHILONZOR TUMANIDAGI “BEKTO‘PI” MAHALLASIDA NASOS STANSIYASINI MODERNIZATSIYA QILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
“ALGORITM” PODSTANSIYASIDA MODERNIZATSIYA ISHLARI VA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
CHILONZOR SUV TAQSIMLASH INSHOOTIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI VA TARMOQLARNING TEXNIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YAKKASAROY TUMANIDA GAZ TA’MINOTI VA AVARIYA-DISPETCHERLIK XIZMATI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN AXBOROT UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA HUDUDDAGI DOLZARB MASALALAR YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SENAT KENGASHI MAJLISIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
19¹-modda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot To‘rayevich tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat tadbiri davomida ta’lim tashkilotida autsorsing tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan ovqatlanish jarayoni, bolajonlar uchun tayyorlanayotgan taomlarning belgilangan ratsionga muvofiqligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahsulotlarning saqlanish holati, oshxona faoliyati va ovqat tayyorlash jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayonida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Yarmatov Muxiddin Nurxonovich ham faol ishtirok etdi. Mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilib, tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitlarini ta’minlash, sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Nazorat tadbirining asosiy maqsadi — hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, bolajonlarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash holatini tahlil qilish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan amaliy muloqot olib borishdan iborat.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xizmatlar sifatini oshirish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash va bolalar salomatligi uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7